Yuklanmoqda...
Loading...
Proseduralar
Ko'krak implantlarini almashtirish yoki olib tashlash – bu implantlarni yangisiga almashtirish yoki ularni jarrohlik yo'li bilan butunlay olib tashlash amaliyotidir. Operatsiya bemorning xohishiga ko'ra yoki tibbiy ko'rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
Ko'krak implantlarini almashtirish yoki olib tashlashga ko'rsatmalar
Ilgari implantlarni taxminan 10 yildan so'ng almashtirish tavsiya etilgan. Biroq zamonaviy implantlarning barchasi ham almashtirilishi shart emas. Ular yangi avlod materiallaridan ishlab chiqarilgan bo'lib, o'z shaklini saqlaydi va uzoq muddat foydalanish uchun mo'ljallangan.
Quyidagi hollarda implantlarni almashtirish yoki olib tashlash tavsiya etilishi mumkin:
Sifatsiz yoki shikastlangan implantlar;
Implantlarning shakli yoki hajmidan qoniqmaslik;
Homiladorlik, yosh o'tishi yoki boshqa omillar tufayli implantning siljishi va ko'krak shaklining o'zgarishi;
Eski avlod implantlarini almashtirish;
Implant atrofidagi kapsulaning qalinlashishi (kapsulyar kontraktura).
Operatsiyaga qarshi ko'rsatmalar
Quyidagi holatlarda operatsiya tavsiya etilmaydi:
Qandli diabet;
Homiladorlik va emizish davri;
Yurak, jigar yoki buyrak kasalliklari;
Surunkali kasalliklar;
Onkologik kasalliklar.
Operatsiyadan oldin spirtli ichimliklar iste'mol qilish, chekish hamda shifokor tavsiyasisiz qonni suyultiruvchi dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Operatsiya qanday o'tkaziladi?
Operatsiyadan oldin bemor plastik jarroh konsultatsiyasidan o'tadi. Shundan so'ng quyidagi tekshiruvlar belgilanadi:
Qon tahlili;
Ko'krak bezlari UTT (ultratovush tekshiruvi);
Ko'krak sohasining MRT tekshiruvi.
Agar barcha tekshiruv natijalari me'yorida bo'lsa, bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Amaliyot umumiy narkoz ostida o'tkaziladi.
Jarroh maxsus kesmalar orqali implantlarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlaydi. Agar implantlar almashtirilayotgan bo'lsa, yangi implantlar shu operatsiyaning o'zida o'rnatiladi. Agar implantlar butunlay olib tashlansa, jarroh ko'krakka estetik va tabiiy shakl beradi.
Operatsiya yakunida kesmalar tikiladi.
Amaliyot odatda taxminan 1 soat davom etadi.
Operatsiyadan keyingi parvarish
Operatsiyadan so'ng shifokorlarimiz tiklanish davri bo'yicha batafsil tavsiyalar beradi.
Tiklanish davrida quyidagilar tavsiya etilmaydi:
Sport bilan shug'ullanish va og'ir jismoniy yuklamalar;
Sauna, hammom va basseynga borish;
Quyoshda toblanish yoki solyariyga tashrif buyurish.
Shuningdek, belgilangan muddatlarda shifokor ko'rigiga kelish, bog'lamlarni almashtirish va tikuvlarni to'g'ri parvarish qilish zarur.
Toshkentda ko'krak implantlarini almashtirish yoki olib tashlashni qayerda amalga oshirish mumkin?
Expert Medical Clinic ko'krak implantlarini almashtirish va olib tashlash bo'yicha zamonaviy jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Klinikamizda yuqori malakali plastik jarrohlar faoliyat yuritadi. Biz zamonaviy tibbiy uskunalar, kunduzgi statsionar va o'z laboratoriyamiz bilan jihozlanganmiz. Har bir bemorga individual yondashuv asosida xavfsiz va sifatli tibbiy xizmat ko'rsatamiz.
Ko'krak implantlarini qayta o'rnatish — plastik operatsiya, unda ko'krak implantlari almashtiriladi yoki olib tashlanadi. Jarrohlik amaliyoti bemorning xohishiga yoki tibbiy ko'rsatmalar asosida amalga oshiriladi va birinchi plastika operatsiyasidan keyin yuzaga kelgan asoratlarni bartaraf etishga yordam beradi.
Ko'krak implantlarini qayta o'rnatish — plastik operatsiya, unda ko'krak implantlari almashtiriladi yoki olib tashlanadi. Jarrohlik amaliyoti bemorning xohishiga yoki tibbiy ko'rsatmalar asosida amalga oshiriladi va birinchi plastika operatsiyasidan keyin yuzaga kelgan asoratlarni bartaraf etishga yordam beradi.

O'xshash muolajalar