Xizmatlar

Plastik jarrohlik
Plastik jarrohlik — tananing tashqi ko‘rinishi va funksiyalarini tiklash yoki yaxshilashga yordam beradigan tibbiyot sohasi. U ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:
Rekonstruktiv jarrohlik — jarohatlar, kuyishlar, operatsiyalardan (masalan, o‘smalarni olib tashlashdan) keyin, shuningdek, tug‘ma nuqsonlar (quyon labi, tanglay yorig‘i va boshqalar) natijasida tashqi ko‘rinish va funksiyalarni tiklaydi.
Estetik jarrohlik — insonning xohishiga ko‘ra tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi. Ushbu yo‘nalishga quyidagilar kiradi:
rinoplastika (burun shaklini tuzatish);
blefaroplastika (yuqori va pastki qovoqlar);
yuz va bo‘yin liftingi;
mammoplastika (ko‘krakni kattalashtirish, kichraytirish yoki ko‘tarish);
liposaksiya (ortiqcha yog‘ to‘qimasini olib tashlash);
abdominoplastika (qorin sohasini korreksiya qilish);
quloq, iyak va boshqa sohalar plastikasi.
Plastik jarrohlikning ayrim afzalliklari mavjud:
ko‘rinadigan natija;
tiklanish tezligi operatsiya turiga va organizmning regeneratsiya tezligiga bog‘liq;
tashqi ko‘rinishdagi muammolarni bartaraf etish;
ichki muammolarni tuzatish.
Bunday aralashuvlarning kamchiliklari — qarshi ko‘rsatmalar:
yosh — ayrim operatsiyalarni ma’lum yoshda bajarish xavfli bo‘lishi mumkin;
onkologik kasalliklar;
gipertoniya yoki gipotoniyа;
qon ivishining yomonligi;
homiladorlik;
surunkali kasalliklar;
boshqa qarshi ko‘rsatmalar, ularni bevosita shifokor belgilaydi.
Shuning uchun Expert Medical Clinic klinikasidagi malakali plastik jarrohlarga murojaat qilish tavsiya etiladi. Biz tibbiyotning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha keng turdagi xizmatlarni taklif qilamiz.
Xizmatlar va narxlar
Xizmatlar | Narxlar |
|---|---|
Aylana blefaroplastika | 10 000 000 dan |
Yuqori qovoqlar blefaroplastikasi | 5 000 000 dan |
Pastki qovoqlar blefaroplastikasi | 5 000 000 dan |
Takroriy blefaroplastika (pastki, yuqori) | 7 000 000 dan |
Epikantoplastika | 5 000 000 dan |
Sangapuri | 6 000 000 dan |
Estetik otoplastika | 5 000 000 dan |
SMAS lifting (yuzni taranglashtirish) | 20 000 000 dan |
Bishektomiya | 5 000 000 dan |
Iyak liposaksiyasi (klassik) | 3 000 000 dan |
Rinoplastika | 20 000 000 dan |
Yuzning aylana plastikasi | 22 000 000 dan |
Bizning uskunalarimiz
Tibbiyot markazimizda zamonaviy va ilg‘or tibbiy uskunalar — SMARTXIDE² ENT va SMARTXIDE² GYN apparatlaridan foydalaniladi. Muolajalar steril operatsiya xonalarida amalga oshiriladi.
Toshkentda plastik jarrohga qayerda murojaat qilish mumkin?
Expert Medical Clinic — individual yondashuv va har bir bemorga e’tibor yuqori darajada qadrlanadigan zamonaviy tibbiy klinika. Klinikamizda shaharning eng yaxshi shifokorlari faoliyat yuritadi. Sizning qulayligingiz va xavfsizligingizni ta’minlash uchun ishonchli tibbiy uskunalardan foydalanamiz.









