Yuklanmoqda...
Loading...
Mutaxassislar

Shifokor Magrupova Iroda Jahongirovna 13 yildan ortiq vaqtdan buyon o‘zining ishiga sadoqat bilan yondashib kelayotgan g‘amxo‘r va malakali mutaxassis. U shifokorlik faoliyatini Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida o‘qishdan boshlagan, so‘ngra Toshkent tibbiyot akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan. U tibbiyot sohasi bo‘yicha chuqur bilim va katta amaliy tajribaga ega. Bu yutuqlar esa unga bemorlarga turli vaziyatlarda samarali yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Iroda Djahangirovna hamisha yuksak kasbiy mas’uliyati va detallarga e’tiborliligi bilan ajralib turadi. Uning bemorlarga bo'lgan yondashuvi va do'stona muloqoti tashrif buyurgan har bir kishiga ishonch va qulay muhit yaratadi. Har bir holatga sezgir munosabati va tezlik bilan har qanday muammoga yechim topishi tufayli u ko'plab bemorlar uchun ishonchli ko'mak manbayiga aylanib ulgurgan.
Iroda Jahongirovnaning ish tajribasi ko‘plab tibbiy sohalarni qamrab olgan, shu sabab u turli qiyinchiliklarni osonlik bilan hal qiladi. Shifokorning ish joyi tibbiyot muassasasida joylashgan va har bir bemor uchun malakali yordam korsatiladigan shinam maskanga aylangan.
Shifokor Magrupova Iroda Djahangirovnani tanlab, sog'ligingiz tajribali mutaxassisning qo'llarida ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Shifokorning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Dermatokosmetologiya:
Iroda Djahangirovna zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanadi.Ular tufayli terining turli muammolari: jumladan, akne, chandiqlar, pigmentatsiya va boshqa dermatologik nuqsonlarni bartaraf qilinadi. Shifokorning diagnostika va terapevtik sohasidagi kuchli bilimlarini tufayli bemorlarning teri holati ba`tamol yaxshi tarafga o'zgaradi.
Kosmetologiya:
Shifokor kosmetologiya sohasida katta ish tajribaga ega va bemorlarning tashqi ko'rinishi yaxshilash uchun turli xil kosmetik muolajalarni amalga oshiradi. Professionalligi va tafsilotlarga bo'lgan e'tiborligi sabab kosmetik muammolarning qiyinchiliksiz bartaraf etadi.
Lazer kosmetologiyasi:
Iroda Jaxangirovna zamonaviy asbob-uskunalar va lazerli kosmetologiya texnikasini mukammal qollay olgani uchun o'z bemorlariga epilasyon, terining tuzilishini yaxshilash, qon tomirlari nuqsonlarini davolash va boshqa ko'plab muammolarni xavfsiz hal qilish protseduralarini amalga oshiradi.
13 yil
Borovskiy tibbiyot kolleji
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Boshqa mutaxassislar