Yuklanmoqda...
Loading...
Mutaxassislar

Ortiqova Dilfuza Maxamatovna 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bolaligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilardim va insonlar salomatligini mustahkamlash maqsadida umrimni tibbiyotga bag‘ishladi. 1998-yilda 2-Toshkent tibbiyot institutini «Umumiy tibbiyot» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Endokrinologiya bo'yicha klinik ordinaturani tugatgan. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, oliy toifali shifokor. Ko‘plab xorijiy va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi. Boku, Qozon va Turkiyada amaliyot o‘tagan. Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalariga «Endokrinologiya» fanidan saboq beradi.
Shifokorning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Endokrin tizim kasalliklarining oldini olish;
Endokrin tizim kasalliklari diagnostikasi;
Endokrin tizim kasalliklarini davolash;
Qalqonsimon bez kasalliklari;
Qandli diabet;
Semirib ketish;
Gipofiz o'smalari;
Bepushtlik (erkak va ayol);
Hayz davrining buzilishi;
Buyrak usti bezlari kasalliklari;
Boshqa gormonal buzilishlar.
Tajriba:
Toshkent klinikalarida endokrinolog sifatida 25 yildan ortiq ish tajribasi. 2022-yildan buyon Expert Medical Clinic klinikasida ishlab kelmoqda. 100 dan ortiq ilmiy nashrlar: monografiyalar, darsliklar, maqolalar va tezislar muallifi. Xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashadi. O‘zbekiston endokrinologlar uyushmasi a’zosi.
25 yil
1998-yil – 2-Toshkent tibbiyot instituti
Amaliyot:
Baku, Ozarbayjon
Qozon, Rossiya
Turkiya
Boshqa mutaxassislar