Yuklanmoqda...
Loading...
Mutaxassislar

Usmanova Munisa Abror qizi — tibbiyotda 6 yillik tajribaga ega. Uning professional faoliyati Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining “Davolash ishi” mutaxassisligini tamomlashdan boshlangan. Keyingi yillarini u chuqurlashtirilgan ta’limga bag‘ishlab, V. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markaziga ordinatura bosqichiga, “Tibbiy radiologiya” fakultetiga o‘qishga kirgan va MRT, MSKT, rentgenografiya bo‘yicha ixtisoslashuvlarni o‘zlashtirgan.
Kasbiy yo‘nalishlari:
Qorin bo‘shlig‘i a’zolari ultratovush tekshiruvi
Kichik chanoq bo‘shlig‘i a’zolari ultratovush tekshiruvi
Exokardiografiya (kattalarda va bolalarda)
Homila skriningi va doppler tekshiruvlari
Siydik ajratish a’zolari ultratovush tekshiruvi
Qon tomirlar doppler tekshiruvi
Neyrosonografiya tekshiruvlari
Mehnat faoliyati:
2019-yil — Yangiyo‘l shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida UASH lavozimida.
2019–2021 — Toshkent shahar 18-oilaviy poliklinikasida UASH lavozimida.
2022–2025 — “Dusel Medical” xususiy klinikasida UZD shifokori lavozimida.
Hozirda — “Expert Medical” xususiy klinikasida UZD shifokori.
Qo‘shimcha malaka va tajriba:
Rossiya va Toshkent shahridagi yetakchi mutaxassislar kurslarida, xalqaro seminarlar va master-klasslarda ishtirok etgan.
6 yil
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
2019-yil — Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2019–2021 — V. Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazi, tibbiy radiologiya kafedrasi, klinik ordinatura.
Boshqa mutaxassislar