Yuklanmoqda...
Loading...
Mutaxassislar

Zulxaydarov Jamshidbek Bahodir oʻgʻli
Umumiy xirurg, plastik xirurg
Ish tajribam 4 yil.
Men plastik xirurgiya yo‘nalishida bemorlarning individual anatomik xususiyatlari va klinik holatini hisobga olgan holda diagnostika, konsultatsiya va jarrohlik davolash jarayonlariga yondashaman. Bemorning estetik ehtiyojlari bilan bir qatorda, xavfsizlik va tabiiy natijaga erishishni muhim deb hisoblayman.
plastik va rekonstruktiv xirurgiya;
bemorlarni konsultativ ko‘rikdan o‘tkazish va operatsiyaga tayyorlash;
yuz va tana sohasidagi estetik muammolarni baholash;
yumshoq to‘qimalar va teri nuqsonlarini rekonstruktiv davolash;
operatsiyadan oldingi diagnostika va individual jarrohlik rejasini ishlab chiqish;
operatsiyadan keyingi bemorlarni kuzatish va reabilitatsiya jarayonini nazorat qilish;
boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar bilan multidisiplinar hamkorlik.
Har bir bemorga individual yondashib, uning anatomik xususiyatlari, tibbiy ko‘rsatmalari va kutilayotgan natijalarini hisobga olgan holda davolash taktikasini belgilayman. Jarrohlik amaliyotlarida xavfsizlik, funksional jihatdan to‘g‘ri natija va tabiiy estetik ko‘rinishga alohida e’tibor qarataman.
4 yil tajriba
Umumiy xirurg, plastik xirurg
•2022-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti,
2024-yil RIXIATM Umumiy xirurgiya boʻyicha, 2025 -yil Tibbiyot hodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazi plastik xirurg.
•2022-yildan Expert Medical klinikasida plastik xirurg lavozimida.
Boshqa mutaxassislar