Yuklanmoqda...
Loading...
Proseduralar
So‘rg‘ich va areola majmuasini (SAK) korreksiya qilish — bu ko‘krak so‘rg‘ichi va uning atrofidagi pigmentli halqa (areola)ning o‘lchami va shaklini o‘zgartirish hamda ularning funksiyasini tiklashga qaratilgan plastik jarrohlik amaliyotidir. Ushbu operatsiya erkaklar va ayollarda kosmetik nuqsonlar, yoshga bog‘liq yoki fiziologik o‘zgarishlar hamda SAK sohasidagi jarohatlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
SAK korreksiyasiga ko‘rsatmalar
Operatsiya quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
Juda uzun yoki keng ko‘krak so‘rg‘ichi;
Bir yoki ikkala so‘rg‘ich deformatsiyasi;
So‘rg‘ich gipertrofiyasi;
Ichkariga tortilgan (invaginatsiyalangan) so‘rg‘ich;
So‘rg‘ichlar assimetriyasi;
So‘rg‘ich yoki areola pigmentatsiyasining buzilishi.
SAK korreksiyasiga qarshi ko‘rsatmalar
Operatsiya quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:
Qandli diabet;
Yuqumli kasalliklar;
Ko‘krak bezidagi yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;
Homiladorlik va emizish davri;
Ko‘krak bezining xavfli o‘smalari;
Ichki a’zolar kasalliklari;
18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar;
Mastopatiya;
Ruhiy kasalliklar;
Qon ivishining buzilishi;
Surunkali kasalliklar;
Onkologik kasalliklar;
Yurak kasalliklari.
So‘rg‘ich korreksiyasiga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?
Operatsiyadan oldin plastik jarroh ko‘rigidan o‘tish zarur. Shuningdek, quyidagi tekshiruv va tahlillar topshiriladi:
Umumiy qon tahlili;
EKG;
Flyuorografiya;
Gepatitlar bo‘yicha tahlillar;
OIV/OITS va sifilis tekshiruvi;
Ko‘krak bezlari UTT (UZI);
Qon ivish tizimi tahlili (koagulogramma);
Siydik tahlili.
Operatsiyadan 2 hafta oldin spirtli ichimliklar iste'mol qilish, chekish va qonni suyultiruvchi dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Reabilitatsiya qanday o‘tadi?
Operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish maqsadida shifokorlar har bir bemorga batafsil tavsiyalar beradi. Barcha tavsiyalarga qat'iy amal qilish muhimdir.
Odatda tiklanish davri taxminan 2 hafta davom etadi. Bu davrda quyidagilarga rioya qilish kerak:
So‘rg‘ichlarga kuchli bosim bermaydigan maxsus kompression ichki kiyim kiyish;
Choklarga suv tegishidan saqlanish;
Hammom, sauna, basseyn va issiq vanna (quyosh vannalari ham) taqiqlanadi;
Faqat chalqancha yoki yonboshlab uxlash;
Operatsiyadan keyingi choklarni shifokor tavsiya qilgan antiseptik eritmalar bilan parvarish qilish.
Toshkentda SAK korreksiyasini qayerda amalga oshirish mumkin?
Expert Medical Clinic tibbiyot markazi bunday plastik operatsiyalarni o‘tkazish uchun barcha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Klinikamizda shifokor ko‘rigidan o‘tish, barcha zarur tahlillarni topshirish va to‘liq diagnostikadan o‘tish mumkin. Bizda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi va ular eng zamonaviy davolash usullaridan foydalanadi. Har bir bemor uchun individual yondashuv ta'minlanadi.

O'xshash muolajalar