Yuklanmoqda...
Loading...
Proseduralar
Radioto‘lqinli tonzillektomiya — tanglay bodomcha bezlarini biriktiruvchi to‘qima kapsulasi bilan birga to‘liq olib tashlashga qaratilgan jarrohlik amaliyotidir. Ushbu amaliyot o‘tkir tonzillit yoki adenoiditning qayta-qayta takrorlanishi, burun va nafas yo‘llarining obstruksiyasi, apnoe, xurrak va paratonsillyar abssess holatlarida amalga oshiriladi.
Radioto‘lqinli tonzillektomiyaga ko‘rsatmalar
Tanglay bodomcha bezlarini olib tashlash uchun quyidagilar ko‘rsatma bo‘lishi mumkin:
Tez-tez takrorlanadigan angina;
Surunkali tonzillit;
Umumiy holatning yomonlashishi;
Tana haroratining uzoq vaqt davomida biroz ko‘tarilib turishi;
Yurak faoliyatidagi asoratlar va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolar.
Radioto‘lqinli tonzillektomiyaga qarshi ko‘rsatmalar
Qarshi ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat:
Nafas olish tizimi kasalliklari;
Yurak, buyrak va jigar bilan bog‘liq muammolar;
Qon ivishining buzilishi;
Turli patologiyalar;
Onkologik kasalliklar;
Qandli diabet;
Faol sil kasalligi.
Tanglay bodomcha bezlarini olib tashlash operatsiyasiga tayyorgarlik
Amaliyotdan oldin LOR-jarroh ko‘rigidan o‘tish kerak. Shifokor keyingi bosqichda tahlillar topshirishga yo‘llanma beradi:
Qon va siydik tahlillari;
Koagulogramma;
OIV/OITS, sifilis va gepatitlarga tahlillar;
EKG;
Flyuorografiya (FLG);
Terapevt konsultatsiyasi.
Agar tahlil natijalari me’yorida bo‘lsa, operatsiya kuni belgilanadi. Operatsiyadan oldin og‘iz bo‘shlig‘ini sanatsiya qilish kerak.
Toshkentda radioto‘lqinli tonzillektomiyani qayerda amalga oshirish mumkin?
Expert Medical Clinic tibbiyot klinikasida malakali LOR shifokorlari va jarrohlar faoliyat yuritadi. Klinikamizda turli murakkablikdagi jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Biz har bir bemorni qadrlaymiz!

O'xshash muolajalar